Huawei 1
NASA Yerga xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

AQSh Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) Yerga yaqinlashishi mumkin bo’lgan xavfli asteroid haqida ogohlantirdi. Bu haqda NASAning Yerga yaqin obyektlarni o'rganish markazi saytida xabar berildi. Obyektning Yerga yaqinlashishi 23-avgust kuni sodir bo’ladi.

O’sha kuni asteroid 6037 (1988 EG) sayyoradan taxminan 6 million km uzoqlikda uchib o’tadi. Uning diametri 430 metrdan 960 metrgacha, tezligi esa sekundiga 14,25 kilometrni tashkil qiladi.

Tahminlarga ko’ra, sayyora va samoviy jism o'rtasidagi minimal masofa deyarli 6,1 million km bo’ladi.

Asteroid 6037 (1988 EG) olimlar tomonidan potentsial xavfli deb tasniflanmoqda. Bu turkumga Yer orbitasini 7,5 million km dan kam masofada (0,05 AB gacha) kesib o’tuvchi astronomik obyektlar kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52417 | Инструменты