Huawei 1
NATO Estoniyaga Rossiya bilan ehtimoliy mojaroga tayyorlanish vazifasini yukladi

NATO Estoniya qurolli kuchlariga alyans va Moskva o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qurolli mojaroga tayyorgarlik ko‘rish vazifasini yukladi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Vahur Karus ma’lum qildi.

“Bugungi kunda bizning uzoq masofali zarba berish qobiliyatlarimiz NATO rejalarida to‘liq hisobga olingan”, dedi general-mayor Karus.

Uning tushuntirishicha, Ukrainada jangovar harakatlar boshlanishidan oldin Estoniya armiyasi alyansning asosiy kuchlari o‘z hududiga o‘tkazilgunga qadar bor-yo‘g‘i 10 kun dosh bera olishi kutilgan edi. Estoniyalik general NATOning yangi ko‘rsatmalarini mamlakat harbiy doktrinasi uchun “fundamental o‘zgarish” deb atagan.

Karusning so‘zlariga ko‘ra, o‘n yil oldingi vaziyatdan farqli o‘laroq, Estoniya, albatta, Rossiya bilan mojaroda o‘z hududida joylashgan ittifoqchi bo‘linmalarning zudlik bilan ishtirok etishiga ishonishi mumkin.

“Bugungi vaziyat shundan iboratki, bizda mavjud bo‘lgan barcha ittifoqchi qo‘shinlar bizning harbiy rejalarimizga kiritilgan. Biz mojaro yuzaga kelganda ular o‘zlari bilan qanday qurollar olib kelishi va ularning vazifalari qanday bo‘lishini bilamiz”, deya xulosa qilgan u.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты