Rasmni yuborgan odam tanlov tashkilotchilarining neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan asarlarning paydo bo’lishiga qanchalik tayyorligini sinab ko’rmoqchi bo’lganini aytdi.
Germaniyalik rassom va fotograf Boris Eldagsen tomonidan sun’iy intelekt yordamida yaratilgan surat nufuzli xalqaro fotosuratlar tanlovi - Sony World Photography Awards'ning "Creative" nominatsiyasida g’olib bo’ldi.
Ushbu asarda turli avloddagi ikki ayol qora va oq retro uslubida tasvirlangan va unga “Pseudomnesia: The Electricia” nomi berilgan.
Boris Eldagsen ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida rasmni tanlovga tajriba tariqasida yuborganini va shu yo’l bilan u Sony World Photography Awards tashkilotchilarining neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan asarlarning paydo bo’lishiga qanchalik tayyorligini sinab ko’rmoqchi bo’lganini aytdi.
Shu bilan birga, Eldagsen nominatsiyalardan birida g’olib chiqqani uchun beriladigan mukofotdan bosh tortdi va professional fotograflar hamjamiyatini qanday suratni haqiqiy kadr deb hisoblash mumkin va qanaqa rasm bunday bo‘lmasligi haqida munozara o’tkazishga chaqirdi.
"Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirlar haqiqiy fotosuratlar bilan raqobatlashmasligi kerak. Bular har xil narsalar. Neyron tarmoqlar fotografiya emas", - dedi u.
Shuningdek, Eldagsen o'z sovrinini Ukrainaning Odessa shahrida o‘tkaziladigan fotofestivalga topshirishni taklif qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62511 | Инструменты