Huawei 1
Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiga berilgan qamoq jazosi yengillashtirildi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining qamoq jazosi yengillashtirilib, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi munosabati bilan qamoq muddatining qolgan qismi ozodlikni cheklash bilan almashtirildi. Bu hukmni Ust-Kamenogorsk shahar 2-sudi chiqargan.

Sud bayonotida ta’kidlanishicha, Satibaldi o‘z arizasida jazoni yengilroq turdagi jazoga almashtirish bo‘yicha qonunning barcha talablarini bajarganligini ko‘rsatgan. Xususan, u sud hukmi bilan yetkazilgan zararni qoplagan va umumiy qiymati 700 milliard tengedan ortiq bo‘lgan mol-mulkni ixtiyoriy ravishda davlat hisobiga o‘tkazgan. Shuningdek, Satibaldi jazo muddatining 1/3 qismini o‘tagan va axloq tuzatish muassasasi ma’muriyati tomonidan ijobiy ta’riflangan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, sud mahkumning iltimosnomasini qanoatlantirib, jazoning o‘talmagan qismini 3 yil 3 oy 7 kun muddatga ozodlikdan cheklash jazosi bilan almashtirdi. Satibaldiga nisbatan probatsion nazorat o‘rnatildi”, deyiladi sud xabarida.

Qayd etilishicha, agar Satibaldi doimiy ish joyiga ega bo‘lmasa, jazoni o‘tashning butun muddati davomida har yili 100 soat majburiy mehnatga tortiladi. Sud hukmi hali kuchga kirmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60915 | Инструменты