Oklaxomada politsiya tomonidan qo’lga olingan qora tanli fuqaro nafas ololmay vafot etdi
AQSHning Oklaxoma shtati politsiyasi payshanba kuni qora tanli fuqaroni xibsga olish jarayoni aks etgan lavhani namoyish etdi.
2019 yilda yuz bergan voqeada politsiya tomonidan yerga uloqtirilgan fuqaro nafas ololmayotganini aytgan. Politsiya hodimi esa “menga baribir” deb javob bergan. Shundan so’ng fuqaro hushini yo’qotgan va birozdan so’ng kasalxonada vafot etgan.
42 yoshli fuqaroni xibsga olish jarayoni Minneapolisdagi voqealardan so’ng sinchkovlik bilan tekshirildi. Oklaxoma sudining hulosasiga ko’ra, politsiya hodimlari noqonuniy harakatlarni amalga oshirmagan.
Shifokorlarning aytishicha, fuqaro politsiya harakatidan emas, balki metamfetamin qabul qilgani, hamda astma bilan og’rigani sabab vafot etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81500 | Инструменты