Huawei 1
Olimlar Yerning ozon qatlami tiklanayotganini maʼlum qildi

Kopernik atmosfera monitoringi xizmati olimlari Yerning ozon qatlami tiklanayotgani haqida xabar berdi. Oxirgi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Janubiy qutb ustidagi ozon teshigi avvalgi yillarga qaraganda kichikroq hajmni tashkil qilmoqda, deb xabar beradi The Daily Mail. 

13-sentyabr holatiga ko‘ra, tuynuk maydoni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,48 million km2 ga kam bo‘lgan. Olimlarning ogohlantirishicha, bu o‘zgarish asosan global ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Ammo keyingi 40 yil ichida ozon qatlami to‘liq tiklanadi, deb ishonishga asos bor.

Ozon qatlami sayyoradagi hayot uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u quyoshdan zararli ultrabinafsha nurlanishni o‘zlashtiradi. 1985-yilda Britaniya Antarktika tadqiqoti Antarktida hududida ulkan teshik ochilganligini aniqladi. U har yili bahor yaqinlashganda ochiladi va ulrtabinafsha nurlarining sirtga kirib borishiga imkon beradi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 2024-yilda teshikning shakllanishi odatdagidan ancha sekinroq bo‘lgan. U faqat sentyabrda paydo bo‘lgan, ilgari avgust oyining o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Prognozlarga ko‘ra, dekabr oyining boshiga kelib, teshik butunlay yopiladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ozon teshigining paydo bo‘lishiga vulqon otilishidan tortib, iqlim o‘zgarishigacha ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, asosiysi, xloftoruglerodlar yoki xlorftorokarbonlardan - ozonni buzuvchi moddalardan foydalanish. Yigirmanchi asrda ular aerozol qutilari va muzlatgichlar ishlab chiqarish uchun faol ishlatilgan, bu esa ozon qatlamining yo‘q qilinishiga olib keldi. 1987-yilgi Monreal protokoli bu moddalardan foydalanishni taqiqlagan, ammo ularning ta’sirining oqibatlari uzoq yillar davomida seziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91922 | Инструменты