Huawei 1
Oq uy Kongressdan Maxfiy xizmatni ko'proq moliyalashtirishni so'radi - CNN

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati avgust oyida AQSH Kongressiga maxsus so‘rov yuborib, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan oldingi va keyingi davrda Maxfiy xizmatni moliyalashtirishni ko‘paytirishni so‘radi. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.

Oq uyning ta’kidlashicha, qo‘shimcha mablag‘siz Maxfiy xizmat “himoya operatsiyalarini amalga oshirish va kuchaytirish uchun yetarli resurslarga ega emas”. Shu bilan birga, qo‘shimcha xarajatlarning aniq miqdori ko‘rsatilmagan.

Telekanalning yozishicha, Bayden ma’muriyati so‘rovni Maxfiy xizmatni qisqa muddatli moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasining standart mazmuniga qo‘shimcha sifatida kiritgan. Mazkur qo‘shimcha 13-iyul kuni Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning hayotiga ilk suiqasddan keyin yuborilgan.

Manbalarga ko‘ra, Oq uy va Kongress bir necha hafta ichida qo‘shimcha moliyalashtirish masalasini muhokama qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты