Huawei 2
Ostona aeroporti tungi vaqtda ishlashni to‘xtatdi

Ostona aeroporti 1-maydan 24-dekabrga qadar samolyotlarni qabul qilish va ularning parvozi uchun yopiladi. 

Ostonadan va Ostonaga amalga oshiriladigan ayrim aviaqatnovlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

"Ushbu chora uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lib, 2024-yil 1-maydan boshlab ta’mirlash ishlari tugatilgunga qadar, mahalliy vaqt bilan soat 22:00 dan 6:00 gacha aeroport aerodromi havo kemalarini qabul qilish va uchirish uchun yopiladi", — deyiladi xabarda.

Aeroport yo‘lovchilardan sayohat sanalarini oldindan belgilash va aviakompaniyaning barcha mavjud axborot manbalaridan foydalanish so‘ralgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga