O‘tgan yilning 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida Embraer samolyoti halokatga uchragan joyga yodgorlik o‘rnatildi. Bu haqda “Lada.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fojia yuz bergan joyda o‘rindiqlar va gul qo‘yilgan to‘siqlar paydo bo‘lgan.
Nashr tomonidan e’lon qilingan videoda ko‘rish mumkinki, ushbu joyga kelib, o‘tirib halok bo‘lganlarni yod etish imkoni yaratilgan.
Tupkarag‘an tumani hokimligiga ko‘ra, kichik memorial maydon tashkil etilishi faollar – mintaqa aholisi tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Barchasi halok bo‘lganlarni xotirlash maqsadida shaxsiy tashabbuslar asosida bajarilgan.
“Bu – loqayd bo‘lmagan aholi tashabbusi. Ular memorialni o‘z mablag‘lari hisobidan qurishga qaror qilishdi va halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Davlat byudjetidan bu loyihaga mablag‘ ajratilmagan”, deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o'tamiz, 25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Baku-Grozniy yo‘nalishidagi samolyoti halokatga uchradi. Samolyotda 62 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot qulashida 38 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi omon qoldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71703 | Инструменты