Huawei 2
Parijda qora tanli fuqaroning o’ldirilgani sabab norozilik namoyishlari bo’lib o’tdi

Parij ko’chalarida 2 iyun kuni politsiya hodimlarining zo'ravonligiga qarshi keng ko’lamli namoyishlar bo’lib o’tdi.

Mahalli OAV yozishicha, Adolat saroyi yonida kuni kecha 20 mingga yaqin fuqaro to’plandi.

Hukumat ruxsatisiz tashkil etilgan tadbir 2016 yilda Parij ko’chalaridan birida politsiya tomonidan o’ldirilgan 24-yoshli qora tanli fuqaroning o’limiga bag’ishlandi.

Yig'ilganlar politsiya vakillariga qarata “Biz sizlardan nafratlanamiz, adolat talab qilamiz” kabi xayqiriqlar bilan murojaat qildilar.

Namoyishchilarning asosiy qismini yoshlar, hamda “sariq nimchalilar” harakatining vakillari tashkil qilardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga