Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston bilan urushga tayyorligini e’lon qildi. Vazirlik tegishli e’lonni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘iga joyladi.
Pokiston o‘z murojaatida Hindiston hududlaridan birini tor-mor qilish bilan tahdid qilgan. Mudofaa vazirligi raketa uchirilgani aks etgan videoni sahifasiga joylagan.
"Rahmat, Modi (Hindiston bosh vaziri Narendra Modi), sen millatimizni birlashtirding. Urushni xohlaysanmi? Pokiston tayyor", deyiladi rasmiy murojaatda.
O‘z navbatida, Pokiston bosh vaziri mazkur vaziyat xavotir uyg‘otishi kerakligini qayd etdi.
"Dunyo ikki yadroviy davlat — Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotganidan xavotirga tushishi kerak", dedi mudofaa vaziri Xavaja Asif.
Uning fikricha, bu mojaro “keng ko‘lamli urush”ga aylanib ketishi mumkin. Shu bilan birga, Asif nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish mumkinligiga umid bildirdi.
Davlatlar o‘rtasidagi munosabatning keskinlashishi sababi
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 22-aprel kuni bir guruh terrorchilar bahsli Jammu va Kashmir hududida tinch aholi va sayyohlarga hujum qilganidan keyin keskinlashdi. Terakt oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan (ulardan 25 nafari Hindiston fuqarolari). Hujum uchun javobgarlikni Kashmir Resistance guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42515 | Инструменты