Respublikachilar va Demokratik partiyalardan bo’lgan amerikalik senatorlar AQSH Mudofaa vazirligidan Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yuborishni talab qilishdi. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.
Amerikaning ikki partiyaviy guruhi Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga maktub yo’llab, uni Kiyevga samolyot jo’natish imkoniyatlarini o’rganishga chaqirdi.
Siyosatchilarning so’zlariga ko’ra, Rossiya va Ukraina o’rtasidagi mojaro “hozir muhim bosqichda” va qiruvchi samolyotlar Ukraina tomoniga ustunlik berishi mumkin.
"Bu jang maydonida o’yinni o’zgartirishi mumkin bo’lgan muhim imkoniyat bo’ladi", deyiladi maktubda.
Shuningdek, senatorlar Ostindan shu hafta oxirigacha F-16 ni Ukrainaga muvaffaqiyatli topshirish uchun zarur bo’lgan turli omillarni baholashni so’rashdi.
Siyosatchilarni F-16 samolyotlarining mojaroga qanday ta’sir ko’rsatishi va ukrainalik uchuvchilar bu samolyotlarni boshqarishni qanchalik tez o’rganishi qiziqtirmoqda, deb yozadi Politico.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты