Huawei 1
Rossiyada endi harbiy amaliyot ishtirokchilarini obro‘sizlantirish 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi harbiy amaliyotning har qanday ishtirokchisini "obro'sizlantirish" va ular haqida "feyk" ma'lumotlar tarqatish uchun jinoiy javobgarlikni joriy qiluvchi qonunni imzoladi.

Yangi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan yana quyidagi o'zgarishlar ham kiritildi:

— Jinoyat kodeksining Rossiya armiyasi haqidagi "feyklar" to'g'risidagi 207.3-moddasi endi Rossiya Qurolli Kuchlariga yordam beradigan "ko'ngilli tuzilmalar, tashkilotlar yoki shaxslar" uchun ham amal qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismidagi qamoq jazosi muddati 3 yildan 5 yilgacha oshirildi. Ikkinchi va uchinchi qismlar uchun qo'llaniladigan mos ravishdagi 10 va 15 yil qamoq jazosi o'zgarmaydi;

— Rossiya armiyasini qayta-qayta "obro'sizlantirish" bo'yicha Jinoyat kodeksining 280.3-moddasi endi ko'ngillilarga ham tegishli. Ushbu moddaning birinchi qismi uchun qamoq jazosi 3 yil o'rniga 5 yil qilib belgilandi. Shu bilan birga, “xavfli oqibatlarga” olib kelgan “obro'sizlantirish” bilan bog'liq ikkinchi qism bo'yicha qamoq jazosi muddati 5 yildan 7 yilgacha oshirildi. "Xavfli oqibatlar" deganda, jumladan, o'lim va tartibsizliklar tushuniladi;

— Ma'muriy javobgarlikka sabab bo'luvchi (Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 20.3.3-moddasi) jangovar harakatlar ishtirokchilarini "obro'sizlantirish" fuqarolar uchun 50 ming rublgacha va yuridik shaxslar uchun 500 ming rublgacha jarima bilan jazolanadi.

Davlat Dumasining ma'lum qilishicha, qonunbuzar bir yil ichida ushbu moddalar bo'yicha ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo'lib, yana shunga o'xshash harakatlar sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41723 | Инструменты