Huawei 2
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda tug‘ilishning umumiy darajasini oshirishni buyurdi. Bu Kreml saytida e’lon qilingan farmonda ma’lum qilingan.

Hujjatda milliy maqsadga erishish zarurligi ko‘rsatilgan. Bularga quyidagilar kiradi: aholi sonini kamaymasligini ta’minlash, odamlar salomatligini mustahkamlash va farovonligini oshirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash.

Farmonda tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 2030-yilga borib 1,6 nafarga, 2036-yilga kelib esa 1,8 nafarga yetishi lozimligi qayd etilgan. Bu uchinchi va undan keyingi bolalarning umumiy tug‘ilish koeffitsiyentining yillik o‘sishini ham anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada so‘nggi yillarda yana aholining kamayishi ro‘y bermoqda. Rosstatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisi 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 146 million 203 ming 613 kishini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 244 ming kishiga kamroq. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga