Huawei 1
Putin rus tilini bilmaydigan migrant bolalarini maktabga qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

RF prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan migrantlarning farzandlarini Rossiya maktablariga qabul qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu boradagi hujjat normativ-huquqiy hujjatlar saytiga joylashtirilgan.

Qonun mualliflari — Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, vitse-spiker Irina Yarovaya, Dumaning asosiy qo‘mitalari hamda Davlat Dumasi fraksiyalari rahbarlari.

Qonunga muvofiq, boshlang‘ich umumiy, asosiy umumiy va o‘rta umumiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun yetarli bo‘lgan rus tilini bilish bo‘yicha test sinovlaridan o‘tmagan migrantlarning farzandlariga ushbu ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga ruxsat etilmaydi.

Qonun bilan, shuningdek, Rossiyada hududida noqonuniy ravishda yurgan migrantlarning farzandlarini ham maktabga qabul qilish taqiqlandi.

Ta’kidlanishicha, Rosobrnadzor test sinovlarini o‘tkazilishini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, uni amalga oshirish uchun diagnostika materiallarini ishlab chiqishni tashkil qiladi, rus tilini bilishni baholash mezonlari, shuningdek, bunday testdan muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqlovchi minimal ballarni belgilaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10105 | Инструменты