Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov milliy xavfsizlik vaziri Nazar Atagarayevni lavozimidan ozod qildi. Bu borada tegishli qaror davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishi davomida qabul qilingan.

Xabar qilinishicha, Atagarayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan bo‘shatilgan.

Uning o‘rniga mayor Dovletgeldi Meredov Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri etib tayinlangan. U bungacha mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmatini boshqargan.

Turkmaniston milliy xavfsizlik vazirligi mamlakatning xavfsizlik va razvedka uchun mas’ul bosh xavfsizlik organi hisoblanadi. Davlat xavfsizligini himoya qilish, terrorizmga qarshi kurashish hamda strategik sohalarni nazorat qilish vazirlik vazifalariga kiradi. Ushbu tuzilma Turkmaniston siyosati va kuch blokida muhim rol o‘ynaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21610 | Инструменты