Qirg‘iziston SSV Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan gazli suvni taqiqladi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Golden Life brendidagi anorli gazlangan ichimlik savdo shoxobchalarida sotuvdan olib tashlanmoqda.

Qayd etilishicha, mahsulot sotuvdan, Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i asosida olib qo‘yiladi.

"Laboratoriya tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ichimlik tarkibida azorubin E 122 bo'yog'i mavjud bo'lib, u bolalarning faolligi va e'tiboriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Chakana savdo tarmoqlariga ushbu ichimlikni sotish taqiqlangan", – deb xabar berdi O‘sh shahar hokimligi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70702 | Инструменты