Huawei 1
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi chegarada oʻqotar qurol qoʻllanishi bilan bogʻliq hodisa yuz berdi, deb xabar qildi “24.kg” portali Qirgʻiziston chegara xizmatining axborot va kommunikatsiyalar boʻlimiga tayanib.

Uning soʻzlariga koʻra, qirgʻiz otryadi davlat chegarasidan 250–300 metr uzoqlikda, boshqa davlat hududida mol oʻtlayotgan tojik choʻponlarini aniqlagan. Hududni tark etish talabiga javoban cho‘ponlar askarlarga qarata tosh otgan, cho‘ponlardan biri esa ularga bir necha marta o‘q uzgan, — deyiladi chegara xizmati xabarida.

Hozircha Tojikistondan maʼlumot tasdiqlanmagan.

O‘z navbatida, chegarachilar havoga bir necha marta o‘q uzgan. Chegarachilardan hech kim jabrlanmagan. Portalning taʼkidlashicha, tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyogʻidan jarohat olgan, biroq bu jarohat aynan chegaradagi hodisa natijasida yuzaga kelgani haqida hech qanday dalil keltirilmagan.

Hozirda ikki tomon chegara xizmatlari vakillarining uchrashuvi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga