Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi navbatdagi prezidentlik saylovi yanvar oyining to‘rtinchi yakshanbasida o‘tkazilishini maʼlum qildi. Bu 2027 yil 24 yanvarga to‘g‘ri keladi. Jokorku Kenesh (parlament) esa saylovni ushbu sanadan 4 oy oldin, yaʼni 2026 yil 24 sentyabrgacha belgilaydi.
"2021 yil yanvarida saylangan prezidentning vakolat muddati 2010 yilgi Konstitutsiya bo‘yicha 6 yillik muddatda yakunlanishi kerak. 2021 yilgi Konstitutsiya bilan belgilangan 5 yillik muddat amaldagi prezidentga taalluqli emas.
2021 yilda 6 yillik muddatga saylangan prezident yangi Konstitutsiya shartlari bo‘yicha vakolatini davom ettiradi, bu muddat esa “ikki muddatdan oshmaslik” qoidasida birinchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu muddat qayta hisoblanmaydi va qisqartirilmaydi. U faqat yangi qoidaning qo‘llanilishida ahamiyatga ega va amaldagi vakolatning tugash sanasiga taʼsir qilmaydi", deyiladi Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi bayonotida.
Avvalroq Qirg‘izistonda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan bir guruh fuqarolar ikki oyga hibsga olingani xabar berilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21719 | Инструменты