Huawei 1
Qirg‘izistonda o‘zini “yangi xudo” deb atagan Arstan Alay o‘lik holda topildi

Qirg‘izistonda o‘zini “yangi xudo” deb atagan Arstan Alay 31-sonli jazoni ijro etish koloniyasidagi kamerada o‘lik holda topildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Avvalroq, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari o‘zini “yangi xudo” deb atagan Arstan Alayni qo‘lga olgani haqida xabar qilingandi.

Advokat Arstanbek Abdildayevga ko‘ra, uning himoyasi ostidagi shaxs Jinoyat-protsessual kodeksi normalarini buzgan holda hibsga olingan.

“Bu mening himoyamdagi shaxsning xavfsizligini taʼminlash uchun tergov izolyatori rahbariyatiga bir necha bor yozma murojaat qilganimga qaramay, sodir bo‘ldi. U nega, kimning ko‘rsatmasi bilan va qachon 31-koloniyaga o‘tkazilgani bizga maʼlum emas. Bir so‘z bilan aytganda, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov, sud, axloq tuzatish xizmatlarining noqonuniy xatti-harakatlari inson o‘limiga sabab bo‘lgan. Bosh prokuratura rahbariyatidan barcha aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishni so‘raymiz”, — degan u.

Keyinroq jazoni ijro etish muassasasi Arstanbek Abdildaev (Arstan Alay) o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berdi. Jumladan, 5-yanvar kuni taxminan soat 05:15 da Abdildaevning jasadi 31-sonli koloniyaning oshxonasida osilgan holda topilgani aytilgan. Muassasa murdani ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlarini aniqlamagan. O‘limning asl sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60603 | Инструменты