Huawei 1
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali buzib tashlandi

Qirg‘izistonning O‘sh shahri markaziy maydonida o‘rnatilgan Vladimir Lenin haykali demontaj qilindi. Bu shahar hokimligi qarori bilan amalga oshirildi. Mahalliy 24.kg portali haykalning yerda yotgan suratini chop etdi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, yodgorlik “Meerim” bog‘iga ko‘chiriladi. O‘sh shahrida uning o‘rniga bayroq ustuni o‘rnatiladi.

«Shuning uchun bu masalani siyosiylashtirmaslik kerak», deyiladi hokimlik izohida.

O‘sh Qirg‘izistonning Bishkekdan keyin ikkinchi yirik shahri. Vladimir Lenin haykali u yerda 1975 yilda o‘rnatilgan. U O‘rta Osiyodagi eng baland yodgorlik bo‘lib, og‘irligi 7,5 tonnani tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60800 | Инструменты