Huawei 2
Qozog‘iston prezidenti Sadir Japarovni "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To'qayev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni Qozog‘istonning 1-darajali davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Taʼkidlanishicha, mukofot “Qozogʻiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” topshirilgan.

Sadir Japarov Qosim-Jomart To'qayev va butun qardosh qozoq xalqiga berilgan yuksak baho uchun minnatdorlik bildirib, 1-darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi qarorni Qirg‘iziston Respublikasi va qirg‘iz xalqiga bo‘lgan alohida hurmat, deb bilishini ta’kidladi.

"1-darajali “Do‘stlik” ordeni ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy ishonch, o‘rnatilgan ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklik munosabatlarining yuksak darajasini tasdiqlaydi", - deya ta'kidlagan u. 

U Qirgʻiziston va Qozogʻiston oʻrtasidagi munosabatlar yangi rivojlanish davri ostonasida ekanini taʼkidladi. Shuningdek, u qardosh xalqlar o‘rtasidagi qardoshlik, yaxshi qo‘shnichilik va abadiy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan muammolarni hal etishda bundan keyin ham yaqindan va birgalikda ishlashga tayyor ekanini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga