Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025 yil 2 mart kuni tunda Samara—Chimkent trassasida sodir bo‘lgan. Ichida 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobusga yuk mashinasi kelib urilgan. Avtobus Ufa shahridan Samarqandga kelayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtobusdagi O‘zbekiston fuqarosi yo‘lning xavfsiz qismida turgan boshqa bo‘sh avtobusga o‘tkazilgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 31 yoshli O'zbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21902 | Инструменты