Huawei 1
Qozog‘istondagi neft bazasida portlash sodir bo‘ldi

Qozog‘istonning Jezkazgan shahridagi neft bazasida portlash yuz berib, orqasidan yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohat oldi va kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, dastlab neft bazasi hududida uchta maxsus avtomobil yonib ketgan. Yong‘indan keyin, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgunicha, gaz-havo aralashmasi portlagan. Yong‘in 100 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Baza hududida joylashgan angar qulab tushgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yonayotgan hududni o‘chirish chog‘ida yon-atrofdagi yonilg‘i saqlanayotgan rezervuarlarni sovutish orqali olovning boshqa joylarga o‘tishini oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Hodisaning sabablari hozircha aniqlanmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20513 | Инструменты