Huawei 2
Qurg‘oqchilik, suv toshqini, xavfli viruslar: 2050-yilga kelib dunyoda iqlim qanday o‘zgaradi? (foto)

Yevropa komissiyasining Birlashgan tadqiqot markazi (JRC) o‘z veb-saytida bir necha kelgusi o‘n yilliklar uchun iqlim o‘zgarishi prognozini e’lon qildi. Bu dunyo aholisining yarmidan ko‘piga ta’sir qiladi. Xavf darajasi yuqori va juda yuqori bo‘lgan mamlakatlarda 5,5 milliarddan ortiq odam yashaydi.

BMTning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga kelib dunyo aholisi 9,7 milliardni tashkil etadi. Ularning aksariyati global iqlim isishning jiddiy oqibatlari ta’siriga duch keladi. 

Iqlim isishining keng masshtabli ta’sir doirasidagi mamlakatlarning 70% dan ortig‘i o‘z resurslari orqali iqlim inqirozlarni bartaraf eta olmaydi.

2050-yilga kelib sayyoraning barcha  nuqtasida haddan tashqari qurg‘oqchilik va g‘ayritabiiy anomal issiqlik ta’sir qila boshlaydi.

Ammo yuqori issiqlik va qurg‘oqchilik barcha suv havzalari qurib ketishini anglatmaydi. Boshqa mintaqalarda, aksincha, sel-suv toshqini kabi muammolar ko‘payadi. Hozirgi kunga qaraganda 50% dan ko‘proq odamlar suv toshqinlaridan aziyat chekadi.

Afrikada aholisining 20% dan ortig‘i qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishi, chorva mollarining boqishi og‘irlashadi, suv tanqisligi va epidemiyalarning tarqalishidan jabr ko‘rishishi tahmin qilinmoqda.

Hayot darajasi past bo‘lgan davlatlar – Somali, Janubiy Sudan va Yaman eng katta xavf ostida bo‘ladi. Iqtisodiyoti barqaror bo‘lgan mamlakatlarda inqiroz ehtimoli minimal bo‘ladi va bir qator mamlakatlarda u nolga yaqin – masalan, Singapur, Estoniya va Lixtenshteynda.

Muammo sayyoraning eng katta davlati Rossiya hududini ham chetlab o‘tmaydi. Masalan, asrning oxiriga kelib don hosildorligi uchdan biriga kamayishi mumkin. Hatto, rus shimoliy yerlari muzloq yerlardan xoli bo‘lganda ham g‘alla hosildorligida salbiy tendensiya yuz beradi.

Haroratning ko‘tarilishi yuqumli kasalliklar tarqalishining ortishiga olib keladi. 

Shunday qilib, 2050-yilga kelib, dunyo aholisining yarmidan ko‘pi chivin bilan yuqadigan kasalliklar xavfi ostida bo‘ladi: bezgak, denge isitmasi, molyariya va boshqa kasalliklar keng tarqaladi.

Shu bilan birga, infeksiyalarning Yevropaga ta’siri Osiyo va Afrika mamlakatlariga qaraganda ancha kam bo‘ladi. 

Iqlimning keskin o‘zgarishi qor qoplamining umumiy maydonini 25% dan ko‘proq kamayishiga olib keladi va asr oxiriga kelib ko‘p yillik muzlik yuzasi 72% ga kamayishi mumkin.

Yilning eng issiq davrida, sentyabrda keladigan Arktika dengizlaridagi muz butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. 

Erish bir qator jiddiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, sovuq mavsumda yog‘ingarchilikning sezilarli darajada ko‘payishi, bo‘ronlar sonining ko‘payishi tufayli qirg‘oqlarning yo‘q bo‘lishi xavfi ortadi. Zarar ko‘rgan shelf hududlarda neft va gaz qazib olish kamayadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga