Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad al-Shara seshanba kuni Arab respublikasida turk harbiy bazalarini tashkil etishni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan mudofaa bo‘yicha qo‘shma kelishuvni muhokama qiladi. Bu haqda Damashq va Anqaradagi manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.
Suriyaning oʻtish davri prezidenti Ahmad al-Shara va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan seshanba kuni Anqarada mushtarak mudofaa kelishuvini, jumladan Suriyaning markaziy qismida Turkiya havo bazalarini barpo etish va Suriyaning yangi armiyasini tayyorlash masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda, deb yozadi Reuters.
Ahmad al-Shara bugun, 4-fevral kuni Anqaraga tashrif buyurishi kutilmoqda. Turkiya hukumatining “Trkiye” gazetasi yozganidek, Suriya rahbarining 2011-yildan beri Turkiyaga ilk tashrifi chog‘ida prezidentlar “ko‘plab” kelishuvlarni imzolaydilar va “terrorizmga qarshi kurashga urg‘u berilgan keng ko‘lamli masalalarni” muhokama qiladilar. Avvalroq turk nashri arab manbalariga tayanib Turkiya rahbariyatining Suriyada ikkita harbiy baza qurish va u yerda F-16 qiruvchi samolyotlarini joylashtirish rejalari haqida xabar bergan edi.
RIA Novosti Turkiya yetakchisining uchrashuvlari jadvaliga tayanib, Turkiya va Suriya yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralar Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishini yozmoqda. Muhokamalardan so‘ng matbuot anjumani soat 21:30da bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20419 | Инструменты