Huawei 1
Reuters: Si Szinpin kelasi hafta Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Xitoy rahbari Si Szinpin kelasi hafta Rossiyaga tashrif buyurib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar qilmoqda.

Agentlikning taʼkidlashicha, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va Kreml hozircha bu maʼlumotga izoh bermagan.

Eslatib o’tamiz, fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi rahbarini do’st deb atagan va uning Rossiyaga tashrifini kutayotganini aytgan.

Avvalroq Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy rahbari etib saylangani haqida ma’lum qilgan edik. Bu XXR tarixida ilk bor ro’y berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72509 | Инструменты