Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy rahbari etib saylandi. Bu XXR tarixida ilk bor roʻy berdi
Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputatlari Si Szinpinni qayta sayladilar. U mamlakat tarixida uchinchi muddatga saylangan birinchi rais bo‘ldi. Si Szinpin yana Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi rahbari lavozimini ham egalladi.
Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Ovoz berishda 2952 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bundan tashqari, Davlat kengashi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Xan Chjen Xitoy Xalq Respublikasi vitse-prezidenti etib saylandi. Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Chjao Leji XXR Doimiy qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Ovoz berish 14-NPK birinchi sessiyasining uchinchi yalpi majlisida bo‘lib o‘tdi. Bundan biroz avval deputatlar Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi apparatini isloh qilish rejasini ham ma’qulladilar. Yakuniy islohot rejasi hali e'lon qilinmagan. Ma'lumki, u Xitoy Kommunistik partiyasining "markazlashgan rahbariyatini" kuchaytiradi va davlat apparati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Ma'lumot o'rnida, Si Szinpin 69 yoshda. U 2012-yilda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi, 2013 va 2018-yillarda esa Xitoy Xalq Respublikasi raisi etib saylangan. 2017 va 2022-yillarda u qaytadan Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi etib saylangan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Si Szinpin yana 5 yilga uchinchi muddatga Xitoy kommunistik partiyasi bosh kotibi etib saylangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41914 | Инструменты