AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozongan Donald Tramp jamoasi “yangi diplomatik harakat” doirasida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Reuters agentligi ikki manbaga tayanib.
“Yangi saylangan prezident Donald Trampning jamoasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni muhokama qilmoqda, yangi diplomatik turtki qurolli mojarolar xavfini kamaytirishi mumkinligiga umid qilmoqda”, deb yozadi agentlik.
Qayd etilishicha, yangi diplomatik harakatlar qanday natijaga olib kelishi hozircha aniq emas. Ma'lumotli manbalarga ko'ra, Trampning dastlabki maqsadi AQSh va Shimoliy Koreya o'rtasidagi asosiy o'zaro munosabatlarni tiklashdir, ammo keyingi siyosiy maqsadlar va ularning aniq jadvali hali belgilanmagan. Qolaversa, bu masala Yaqin Sharq va Ukrainadagi tashqi siyosat masalalari bilan bog'liq holda orqa o'rinni egallashi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112714 | Инструменты