Huawei 1
Rossiya 2025-yildan boshlab bakalavr darajasidan voz kechadi

Rossiyada oliy taʼlimning yangi tizimida “bakalavr” tushunchasi chiqarib tashlanadi, dedi Fan va oliy taʼlim vaziri Valeriy Falkov.

“2025-yildan boshlab joriy qilinadigan oliy taʼlim tizimimizda “bakalavr” tushunchasi boʻlmaydi. Bu oliy ta'lim va ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim bo'ladi", - deya Falkovning so'zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim mutaxassisliklar uchun to‘rt yillik ta’lim yetarli emas – ular besh yoki undan ortiq yil o‘qishlari kerak. Ular orasidan vazir shifokorlar, o‘qituvchilar va muhandislarni alohida ta’kidladi.

Ilgari Falkov Rossiya 2003-yilda qabul qilingan Boloniya oliy ta'lim tizimidan voz kechish niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Boloniya ta’lim tizimi 1999-yilda Boloniya deklaratsiyasini imzolagan yetakchi Yevropa davlatlari uchun yagona ta’lim makonida qabul qilingan konsepsiyadir. Hozirda Boloniya jarayonida 49 davlat ishtirok etmoqda. Tizim ta'lim dasturlarini taqqoslashni nazarda tutadi. Ko'pincha bu ikki bosqichli dasturlar - bakalavr [4 yil] va magistratura [2 yil].

O‘tgan yilning may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha pilot loyiha to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, yangi tizimda asosiy va maxsus oliy ta’lim, shuningdek, oliy o‘quv yurtidan keyingi kasbiy ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Tayanch oliy ta’lim muddati to‘rt yildan olti yilgacha, ixtisoslashtirilganda esa uch yilgacha bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты