Rossiya aholisi bir yilda qanchaga kamaygani eʼlon qilindi

Rosstatning dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya aholisi 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 146 million 203 ming 613 kishini tashkil etdi.

Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, shahar aholisi deyarli 109,6 million kishini, qishloq aholisi esa qariyb 36,6 million kishini tashkil etdi.

Rosstat nashri maʼlumotlar Donetsk Xalq Respublikasi (DXR), Lugansk Xalq Respublikasi (LPR), Zaporojye va Xerson viloyatlari boʻyicha rasmiy statistik maʼlumotlar hisobga olinmagan holda taqdim etilganini taʼkidlagan. 

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 146 million 447 ming 424 kishini tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты