2016-yilda “Yevrovidenie” tanlovida g‘olib bo‘lgan ukrainalik qo‘shiqchi Jamala (haqiqiy ismi Susana Jamaladinova) jinoiy ayblovlar bilan qidiruvga berilgan. Bu Rossiya Ichki ishlar vazirligining qidiruv ma’lumotlarida xabar berilgan.
“Jamaladinova Susana Alimovna Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgan”, — deyiladi ma’lumotlar bazasida. Ma’lumotlar bazasida qidiruv qaysi modda bo‘yicha olib borilayotgani ko‘rsatilmagan.
Qo‘shimcha qilinishicha, tintuv Rossiya armiyasi haqidagi soxta xabarlarni tarqatish ishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Jamala - qrim-tatar asli ukrainalik qo'shiqchi, 2016-yilgi "Yevrovidenie" tanlovi g'olibi. Ukrainadagi LGBT harakati va bir jinsli nikohni qo'llab-quvvatlaydi. 2022-yil aprel oyida u 50 yil davomida Rossiyaga kirish taqiqlangan ukrainalik rassomlar ro'yxatiga kiritilgan.