Huawei 1
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi

Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasining shu’ba korxonasi Uranium One Group Qozog‘iston milliy yadroviy kompaniyasi «Kazatomprom» bilan tuzilgan qator qo‘shma korxonalardan chiqdi. Bu haqda 17 dekabr, seshanba kuni chop etilgan «Kazatomprom»ning press-relizida aytiladi.

«Kazatomprom» milliy atom kompaniyasi» AJ rossiyalik sherigi bir qator qo‘shma korxonalardan chiqayotganini e’lon qiladi. «Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Uranium One Group AJ «Zarechnoye» AJ QKdagi 49,979 foiz ulushini SNURDC Astana Mining Company Limited kompaniyasiga sotdi, uning yakuniy benefitsiari - State Nuclear Uranium Resources Development Co. (Xitoy). «Kazatomprom»ning ushbu qo‘shma korxonadagi ulushi o‘zgarishsiz qolmoqda va 49,979 foizni tashkil etadi», — deyiladi hujjatda.

Aniqlik kiritilishicha, 2024 yil boshida «Zarechnoye» konidagi uran zaxiralari 3,5 tonnaga baholangan, qazib olishni 2028 yilga yakunlash rejalashtirilgan.

Uranium One Group AJ «Xorasan-U» qo‘shma korxonasidagi o‘zining 30 foiz ulushini va «Kyzylkum» MChJ ustav kapitalidagi 30 foiz ulushini China Uranium Development Company Ltd kompaniyasiga sotishi kutilmoqda. «Kazatomprom»ning ushbu aktivlardagi ulushi o‘zgarmadi, kompaniya «Xorasan-U» MChJ QKda 50 foiz va «Kyzylkum» MChJda 50 foiz (bilvosita) ulushga egalik qiladi, deyiladi press-relizda.

«Xorasan-U» MChJ QK Qizilo‘rda viloyatining Janaqo‘rg‘on tumanidagi Shimoliy Xuroson konining «Xorason-1» uchastkasida ishlamoqda. Hujjatda aytilishicha, kondagi uran zaxiralari 2024 yil boshida 33 ming tonnaga yaqinni tashkil etadi, qazib olish ishlari 2038 yilda yakunlanishi kutilmoqda.

«Kyzylkum» MChJ yer qa’ridan foydalanish huquqiga ega emas va uranni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, deya ta’kidlaydi «Kazatomprom».

Qozog‘istonda uran qazib olish

The Moscow Times internet nashriga ko‘ra, Uranium One Group kompaniyasi 2023 yilda Qozog‘istonda 4800 tonna uran qazib olgan, bu Rossiyada 2700 tonna qazib olish bilan birga «Rosatom»ni bozordagi 14 foizlik ulush bilan dunyoda uchinchi o‘ringa olib chiqqan. 

Nashrda, shuningdek, 75 foizi Qozog‘istonning «Samruk-Kazyna» davlat jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan «Kazatomprom» Qozog‘istonda mustaqil ravishda ham, qo‘shma korxonalar orqali ham uran qazib olishi aytiladi. «Kompaniya dunyodagi uran qazib olishning 20 foizini ta’minlaydi va uni Xitoy, Janubiy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropaga eksport qilish uchun sotadi».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121820 | Инструменты