Rossiya hukumati xorijiy kuchlar davlat sirlariga kirishga harakat qilishi mumkinligidan xavotirlanib, davlat xizmatchilarining chet elga chiqish qoidalarini kuchaytirmoqda. Bu haqda Reuters 18-aprel, payshanba kuni vaziyatdan xabardor to‘qqizta manbaga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlariga ko'ra, talablar alohida davlat idoralarida farqlanadi va ko'p jihatdan "biroz tartibsiz", lekin ba'zi amaldorlarga hatto Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo'shilmagan "do'st" mamlakatlarga ham tashrif buyurish taqiqlangan.