Huawei 1
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi

munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan muzokaralar raundini bekor qilgan. «G‘azablantiruvchi omillarni yo‘q qilish» va elchixonalar faoliyatini to‘liq tiklash masalasi bo‘yicha bo‘lajak uchrashuv «amerikalik muzokarachilar tashabbusi bilan bekor qilindi», dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Uning OAVning tegishli savoliga javobi 16 iyun, dushanba kuni Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.

«Umid qilamizki, ular olgan pauza uzoq davom etmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Zaxarova ikki tomonlama maslahatlashuvlar bekor qilinishi sabablarini aytmasdan.

27 fevral va 10 aprel kunlari Istanbulda munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha Rossiya-Amerika muzokaralarining dastlabki ikki raundi bo‘lib o‘tdi.

Rossiya delegatsiyasiga Rossiyaning AQShdagi elchisi Aleksandr Darchiyev, Amerika delegatsiyasiga esa davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Sonata Koulter boshchilik qildi. Darchiyevning so‘zlariga ko‘ra, Moskva, xususan, Rossiyaning AQShdagi diplomatik mulki masalasiga to‘xtalgan.

O‘tgan hafta Darchiyev maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi «yaqin kelajakda» Moskvada bo‘lib o‘tishini aytdi. Biroq, AQSh bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73005 | Инструменты