«Hozir ko‘plab mintaqalarda Rossiyaga aslida nima kerakligi eshitilmoqda. 40 ga yaqin "shahedlar" osmonimizda, HHM ishlamoqda», deb yozdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 19 mart, chorshanbaga o‘tar kechasi Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oq uy rahbari Donald Trampning Rossiya va Ukraina 30 kun energetika tizimiga zarba berishdan voz kechgani haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlagi to‘g‘risidagi bayonotidan keyin.
Zelenskiy, shuningdek, «ayniqsa, fuqarolik infratuzilmasiga» zarbalar haqida xabar berdi. «Sumidagi kasalxonaga "shahed" tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berildi, Donetsk oblastidagi shaharlarga zarbalar, hujumkor dronlar hozirda Kiyev, Jitomir, Sumi, Chernixiv, Poltava, Xarkiv, Kirovohrad, Dnipropetrovsk va Cherkassk viloyatlari osmonida», deb yozdi u.
Ukraina prezidenti Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash, Ukrainaga ko‘proq yordam ko‘rsatish, «ittifoqchilarni mustahkamlash» va to‘rt yildan buyon o‘zini Rossiya harbiy agressiyasidan himoya qilib kelayotgan o‘z mamlakati uchun xavfsizlik kafolatlari ustida ish olib borishga chaqirdi. «Bugun Putin o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha taklifni amalda rad etdi. Butun dunyo Putinning urushni uzaytirish bo‘yicha har qanday urinishlarini rad etishi to‘g‘ri bo‘lardi», — qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Kanada bosh vaziri Vladimir Zelenskiyni G7 sammitiga taklif qildi
Kanada bosh vaziri Mark Karni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni 15-17 iyun kunlari Alberta provinsiyasining Kananaskis shahrida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qildi. Bu haqda 17 mart kuni Kanada hukumati vakili AFP'ga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta bosh vazir lavozimiga kirishgan Karni 16 mart kuni Ukraina rahbari bilan gaplashgan. «Prezident Zelenskiy iyun oyida Albertada bo‘lib o‘tadigan G7 yig‘ilishiga taklif qilindi», — dedi u.
Avvalroq Mark Karni suhbat chog‘ida Zelenskiy unga «Ukraina mudofaasi va global tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlari haqida» yangilangan ma’lumotlarni taqdim etganini ma’lum qilgandi. «Kanada Ukrainaning Rossiya agressiyasiga qarshi erkinlik uchun kurashini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Vladimir Zelenskiy, o‘z navbatida, Karni bilan suhbatni «yaxshi va mazmunli» deb atadi va Kanadaga ko‘rsatgan yordami, xususan, mudofaa paketlari va Ukraina energetika sektorini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirganini qo‘shimcha qildi. U, shuningdek, Karnini Moskvaga bosimni kuchaytirish kerakligi haqida «yaxshi fikrlar» aytgani uchun maqtadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91902 | Инструменты