Huawei 1
O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi

Prezidentning 16.09.2025 yildagi "O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo bo‘lish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-285-son qarori qabul qilindi.

Hujjat "O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilishicha, YEOTBning ustav kapitalida O‘zbekiston Respublikasiga har birining nominal qiymati 1 000 AQSH dollari bo‘lgan 777 777 ta aksiya taqsimot qilingan, shundan 168 411 tasi (21,7%) – pul to‘lanadigan aksiya va 609 366 tasi (78,3%) – talab bo‘yicha to‘lanadigan aksiyalar.

YEOTB ustav kapitalidagi aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar jadvali tasdiqlandi.

Bu maqsadlar uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga zarur mablag‘larni ajratadi, 2026 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 16.09.2025 yildan kuchga kirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91819 | Инструменты