Rossiyaning Caviar brendi dunyodagi eng qimmat iPhone 14 Pro Max smartfonini taqdim etdi. Maxsus model “Diamond Snowflake” deb nomlanadi. Unga 18 karatli oq oltin korpus qo'yilgan va 511 Graff olmos bilan bezatilgan.Yaratuvchilarning so'zlariga ko'ra, ushbu nusxa cheklangan bo'lib, faqatgina uchta insonga nasib qilishi mumkin. 128 Gb xotiraga ega iPhone 14 Pro Max uchun narx 31 million 490 rubldan (4,9 mlrd so'm) va 1 TB sig‘imli iPhone 14 Pro Max uchun 31 million 560 rublgacha o‘zgarib turadi.Caviar, shuningdek, yanada byudjetli Cristal Snowflake SE modelini taqdim etdi. Uning korpusida oddiyroq materiallardan foydalanilgan. Ya'ni 511 ta Swarovski kristallari bilan bezatilgan. Tiraj - 20 nusxa, narxi 1 million rubl (salkam 160 mln so'm) dan boshlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112415 | Инструменты