Huawei 1
Samsung Isroil bozorini tark etishga qaror qildi

Koreya texnologiya giganti Samsung kompaniyasining innovatsion sektori Samsung Next Tel-Avivdagi 70 ta startap loyihasini qisqartirishga va Isroil bozorini tark etishga qaror qildi. Bu haqda CTech nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirgacha Isroilning 70 ga yaqin startaplariga sarmoya kiritgan, shuningdek, eksportning 50 foizini tashkil etuvchi Samsung Next Isroil texnologiya sektoridan chiqayotgan kompaniyalar ro‘yxatiga qo‘shilgan.

“Isroilda jismoniy mavjudligimiz to‘xtasa-da, biz mintaqaga sarmoya kiritish va ta’sischilarning tavsiyalarini rag‘batlantirishda davom etamiz”, deyiladi Samsung Next’ning Tel-Avivdagi ofisi bayonotida.

TRT’ning xabar qilishicha, kompaniya ketishiga Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari va foyda marjasining pasayishi sabab bo‘lgan. BDS (Boycott, Divestment and Sanctions) harakati veb-saytidagi hisobotga ko‘ra, Samsung foydasi o‘tgan yilga nisbatan 56 foizga kamaygan.

Dunyo bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish chaqiriqlariga qaramay, Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotlarini davom ettirib, jiddiy iqtisodiy inqiroz tahdidini keltirib chiqarmoqda. Global brendlar tinch aholiga qarshi davom etayotgan hujumlar tufayli Isroilda ishlab chiqarishni cheklash yoki kamaytirish qarorlarini qabul qilishda davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111705 | Инструменты