Huawei 1
Sank-Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi

Sankt-Peterburgning Admiralteysk rayoni ma’muriyati Podolskaya ko‘chasidagi uyda chiqqan yong‘in vaqtida bir necha kishini qutqarib qolgan o‘zbekistonlik ishchiga (dvornik) minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda rayon rahbari Sergey Overchuk "VKontakte"dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, ko‘cha tozalovchi ishchiga "yosh admiralteysklik" tomonidan Olimjon uchun maxsus chizilgan, rayon manzarasi aks etgan kartina sovg‘a qilingan.

"Admiralteysk rayoni o‘t o‘chirish xizmati qismida rayon rahbari Sergey Overchuk yonayotgan uydan odamlarni qutqargan dvornikka minnatdorchilik bildirdi. Dvornik Olimjon Ibragimov uylardan birining derazasidan chiqayotgan olovni ko‘rgan va o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan. Uning o‘zi drenaj trubasi bo‘ylab karnizga ko‘tarilgan va ayollar u yerda turishiga, keyin o‘t o‘chiruvchilar zinapoyasi bo‘ylab tushishiga yordam bergan", – deyiladi rayon ma’muriyati matbuot xizmati xabarida.

Overchuk o‘z sahifasida joylashtirgan suratlarda Ibrohimovga faxriy yorliq hamda ish kiyimi ham berilganini ko‘rish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111705 | Инструменты