Eron Saudiya Arabistonining neft infratuzilmasiga, jumladan, dunyodagi eng yirik neft eksport markazlaridan biri bo‘lgan Saudi Aramco kompaniyasining Ras-Tanura obyektiga zarba berdi.
Saudi Aramco Ras Tanura neftni qayta ishlash zavodida dron hujumidan so‘ng faoliyatini to‘xtatgan.
Bloomberg bergan maʼlumotga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri bo‘lgan Saudi Aramco 550 ming barrel xom neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, Fors ko‘rfazida joylashgan zavod dushanba kuni ertalab kompaniya zararni baholayotgan bir paytda ehtiyot chorasi sifatida yopilgan. Manba, shuningdek, voqea joyida sodir bo‘lgan yong‘in nazorat ostida ekanini bildirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30216 | Инструменты