Serbiya Prezidentining Moskvaga ketayotgan samolyoti Bakuga majburiy qo‘ndi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning Moskvaga ketayotgan samolyoti Ozarbayjonning Baku shahriga majburiy qo‘ndi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Serbiya rahbari hozirgi vaqtda Sharqiy Yevropada olib borilayotgan keskinlik va harbiy harakatlarni hisobga olgan holda, Moskvaga parvozni xavfli deb topgan va Bakuga qo‘nishga qaror qilgan.

“U 9 may kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yillik yubileyiga tashrif buyurayotgan edi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Litva va  Latviya Vuchich samolyotiga havo maydoni berishdan bosh tortgan. Latviyada ular o‘z qarorlarini parvoz maqsadlarining “siyosiyligi” bilan izohlagan. Litvada taqiq “texnik va diplomatik holatlar” bilan bog‘liqligi uchun rad etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты