Huawei 1
Shifokorlar “Theraflu” dori vositasini sotuvdan olib tashlashni talab qildi

AQShdagi shifokorlar “Theraflu” dori vositasini samarasizligi sababli sotuvdan olib tashlanishini talab qildi. Bu haqda The Wall Street nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, foydasiz dorilar ro’yxatidan “Benadryl”, yo’talga qarshi vosita “Mucinex” va isitma tushuruvchi “Tylenol” ham joy olgan. Ushbu dori vositalarining barchasi AQShda retseptisiz sotiladi.

Nashrning qayd etishicha, ularda “fenilefrin” preparati mavjud bo’lib, u burundagi tumovni bartaraf etishi kerak. Ammo ushbu dori-darmonlarni qabul qilish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar bemorlarning ahvoli yengillashmaganini ko’rsatgan. Natijada, AQShning oziq-ovqat va farmatsevtika vositalari sifatini nazorat qiluvchi idorasi (FDA) bu dori vositalarni sotuvdan olib tashlash kerakligini ma’lum qildi.

Aytib o’tish lozimki, Florida universiteti olimlari 2000-yillarda “fenilefrin” asosidagi dori-darmonlarni tahlil qilishgan va uning samaradorligi uchun yetarli dalillar topa olmagan.

Shu bilan birga, shifokorlar va farmatsevtlar ushbu preparatning ichak va jigarda metabolizmga uchrashi, shu sababli yengillik keltirishi uchun yetarli miqdorda qon oqimiga singa olmasligini aniqlashgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O‘zbekistonda "Dok-1 MAKS" tabletka va sirop dori vositalarining savdosi to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. Ma'lum bo'lishicha, uni qabul qilgan bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120215 | Инструменты