Huawei 1
Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududdagi Koreyalararo yo‘lni minalashtirdi

Shimoliy Koreya ikki Koreyani ajratib turuvchi demilitarizatsiya zonasi doirasidagi Koreyalararo yo‘l bo‘ylab minalarni joylashtirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi ismini oshkor etmagan harbiy amaldorga tayanib xabar berdi.

Unga ko'ra, harbiylar KXDR demilitarizatsiya qilingan hudud ichidagi tuproq yo‘lga mina qo‘yganini birinchi marta 2023-yil oxirida aniqlagan. Keyin minalar Seuldan 85 km shimoli-sharqda joylashgan Cheorvon okrugidagi Arrowhead tepaligi yaqiniga o'rnatilgan. Yanvar oyida Shimoliy Koreya qo‘shinlari yana ikkita yo‘lga mina qo‘ygani ham kuzatilgan, mart oyida esa harbiylar Shimoliy Koreya yo‘llar bo‘ylab o‘nlab ko‘cha chiroqlarini olib tashlaganini aniqlagan.

Demilitarizatsiya qilingan hudud ichidagi yo‘l 2018-yilda Koreyalararo harbiy kelishuvga muvofiq qurilgan. Bu 1950-1953-yillardagi Koreya urushi paytida halok bo'lganlarning qoldiqlarini birgalikda qazishda yordam beradi deb taxmin qilingan.

Joriy yil boshida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani asosiy dushman davlat deb atadi va bu ta’rifni respublika konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yishga chaqirdi, shuningdek, Janubiy Koreya bilan tinch yo‘l bilan birlashish haqidagi eslatmani olib tashlashni talab qildi. Mart oyida Shimoliy Koreya “dushman poytaxtiga” zarba bera oladigan artilleriya mashqlarini o‘tkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111707 | Инструменты