Huawei 1
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda

Shimoliy Yevropa davlatlari hukumat rahbarlari Rossiya xavf tug‘dirayotganidan ogohlantirmoqda, deb yozadi 26 may, dushanba kuni dpa axborot agentligi. «Dam olish kunlarida sodir bo‘lgan dahshatli hujumlar, afsuski, biz allaqachon bilgan narsamizni isbotlaydi: Rossiya tinchlikdan manfaatdor emas», deb yozadi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen.

«Kun davomida prezident Vladimir Putin muzokaralar haqida gapiradi, kechasi esa Ukrainani bombardimon qiladi», — dedi u Finlandiyada Shimoliy Yevropaning boshqa davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uchrashuvdan keyin. «Ukraina bundan ham ko‘proq yordam olishi kerak».

Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo ham shunday fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya biz (Finlandiya) va butun Yevropa uchun uzoq muddatli xavf tug‘diradi». Uning aniqlik kiritishicha, gap nafaqat harbiy soha haqida, balki kiberhujumlar va Boltiq dengizi tubida aloqa kabellari qayta-qayta shikastlanishi kabi pretsedentlar haqida ketmoqda.

Orpo Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda Rossiyaning konstruktiv ishtirokiga erishish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirdi. «Putin kuch ishlatmasdan, yechim topishga urinmaydi. Shuning uchun bizga ko‘proq bosim kerak», — dedi u.

O‘z navbatida, Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styorening fikricha, Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishni xohlayotgani haqida hozircha hech qanday alomat yo‘q. «Umid qilamanki, bu AQShning aniqroq pozitsiyaga ega bo‘lishiga va orqaga chekinishdan ko‘ra bosim o‘tkazishiga olib keladi», deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52909 | Инструменты