“Shrek” animatsion filmining beshinchi qismi chiqishi rejalashtirilmoqda

Ispaniyalik aktyor, rejissyor Antonio Bandera “Shrek” animatsion filmining beshinchi qismi chiqishiga ishora qildi, deb xabar qildi “Peopletalk” nashri.

Antonio Banderas ovoz bergan “Etik kiygan mushuk 2: So‘nggi tilak” multifilmi Qizil dengiz xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. U yerda aktyor tomoshabinlarga “Shrek” multfilmining katta ekranga qaytishini ma’lum qilgan. 

Bundan tashqari, u bu safar etik kiygan mushuk obrazini ham ko‘rish mumkinligini ta’kidlagan.

“Men bu mushuk bilan deyarli 20 yildan beri birgaman. Ehtimol, yana u bilan birga bo‘larman, Shrek esa qaytishi mumkin”, deydi aktyor.

Ma’lumot uchun, “DreamWorks Animation” tomonidan ishlab chiqilgan “Shrek” multfilmi “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi animatsion filmdir. Shu bilan birga, u BAFTA, “Annie Award” (8 nominatsiya) va boshqa kino mukofotlari bilan ham taqdirlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40709 | Инструменты