Huawei 2
Sidneydagi savdo markazida noma’lum erkak odamlarni pichoqladi

Avstraliyaning Sidney shahrida pichoq bilan qurollangan erkak savdo markazida odamlarga hujum qildi. Bu haqda The Syndey Morning Herald xabar berdi.

Hodisa 13-aprel kuni Bondi Jankshen rayonidagi Westfield savdo markazida sodir bo‘lgan. Guvohlar erkak “katta pichoq” bilan qurollanganini aytgan. Hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi, jumladan, bir bola kasalxonaga yotqizilgan.

Erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Uning mazkur harakatlari sababi hozircha noma’lum, huquq-tartibot idoralari uning terrorchilar bilan aloqasi bor-yo‘qligini tekshirmoqda. 

Hujumda ehtimol yana bir kishi ishtirok etgan bo‘lishi mumkin, ammo bu haqda rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga