Tayvan Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi kurashish uchun AQShdan 400 ta Harpun raketalarini sotib oladi

Tayvan AQShning Boeing kompaniyasidan 400 ta kemaga qarshi raketa sotib olish bo'yicha shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi  AQSh-Tayvan biznes kengashi rahbari Rupert Hammond-Chambers ma'lumotlariga tayanib.

Gap birinchi marta oldingi buyurtmalar kabi kemaga o'rnatiladigan emas, balki quruqlikda joylashtiriladigan raketalar haqida ketmoqda.

Pentagon 7-apreldayoq 1,7 milliard dollarlik shartnoma haqida xabar bergan edi, biroq e'londa xaridorning nomi aytilmagan. Ushbu xarid 2020-yilda AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlangan bitimni yakunladi. O'shanda Davlat departamenti Tayvanga 2,4 milliard dollarga Harpun raketalarini sotishni ma'qullagan edi.

Aytib o'tish lozimki, shartnoma AQSh va Xitoy o'rtasida keskinlik kuchaygan bir paytda imzolangan. Pekin hozirgacha Tayvanni o'z hududi deb biladi. Xitoy so‘nggi oylarda muntazam ravishda orol yaqinida yirik mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40518 | Инструменты