Huawei 1
Tayvandagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozondi

Tayvandagi prezidentlik saylovlarida hukmron Demokratik progressiv partiya nomzodi va amaldagi vitse-prezident Lay Sinde 41 foizga yaqin ovoz to'plab g‘alaba qozondi. Uning asosiy raqibi, qariyb 33 foiz ovoz olgan Tayvanning hukmron partiyasi – Gomindan nomzodi Xou Yui o'z mag‘lubiyatini tan oldi, deya xabar beradi Focus Taiwan. Uchinchi nomzod, Tayvan xalq partiyasi rahbari Ke Venje esa 26 foizga yaqin ovoz oldi.

Tayvanda saylovlar 13-yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tdi, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkent vaqti bilan 13:00) yopildi, shundan so‘ng darhol ovozlarni sanash boshlandi. 

Ma'lum qilinishicha, 64 yoshli Lay 20-may kuni yangi lavozimiga kirishadi. Vitse-prezident 52 yoshli Siau Bikxim bo'ladi, u avvalroq Tayvanning AQShdagi vakolatxonasini boshqargan.

Tayvanda qonun chiqaruvchi yuanga (parlament) ham saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bir palatali parlamentdagi 113 oʻrinning 73 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri bir mandatli saylov okruglari boʻyicha, 34 tasi partiyalar oʻrtasida mutanosib ravishda saylanadi, yana 6 ta oʻrin avstroneziyaning tub aholisi uchun ajratiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parlamentning yangi chaqirig‘ida DPP 52 o'ringa, Gomindan - 51, TPP - 8 va mustaqil nomzod ham bitta mandatga ega bo‘ladi. Qolgan o‘rin uchun – Yangi Taypeydagi saylov okruglaridan biridan – DPP va Gomindan nomzodlari o‘rtasida kurash davom etmoqda, deb yozadi Focus Taiwan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62310 | Инструменты