Ajratiladigan kreditning 60 mlrd yevro harbiy ehtiyojlarga, qolgan €30 mlrdi esa davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu haqda Yevroparlament saytida eʼlon qilingan xabarda aytilgan.
Kredit 2026–2027 yillarda Ukrainani moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. Press-relizda taʼkidlanishicha, barcha mablag‘lar Kiyev demokratik boshqaruv tamoyillariga sodiqlik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va demokratik institutlarni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarga rioya qilgan holda beriladi.
Kredit bo‘yicha birinchi to‘lov joriy yilning ikkinchi choragi boshida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bundan oldin mexanizm Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yanvar oyida uni Yevrokomissiya maʼqullagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21218 | Инструменты